Entoni Blinken sakkizinchi marta Yaqin Sharqqa tashrif buyurdi

Entoni Blinken sakkizinchi marta Yaqin Sharqqa tashrif buyurdi

Bu haqda «AP» xabar bermoqda, deb yozadi «Report».

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarning asosiy mavzusi Isroil va HAMAS o‘rtasida kelishuvga erishish uchun vositachilik harakatlari ekanligi ta’kidlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat kotibi Misrdan keyin Isroil, Iordaniya va Qatarga boradi.

Bir muddat avval HAMAS guruhining yuqori martabali vakili Sami Abu Zuhriy AQShni G‘azo sektoridagi harbiy hujumlarni to‘xtatish uchun Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirgan.

Bu Entoni Blinkenning 2023 yil 7-oktabrdan beri Yaqin Sharqqa sakkizinchi tashrifidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!