Endi O‘zbekiston fuqarolari Ozarbayjonda 15 kun ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishi mumkin

Endi O‘zbekiston fuqarolari Ozarbayjonda 15 kun ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishi mumkin

Ikki davlat fuqarolari o‘zaro mamlakatlarda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan 15 kungacha bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning vizasiz sayohati to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi protokol kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ushbu bayonnoma ikki respublika fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston va Ozarbayjon hududiga kirish/chiqish, tranzit o‘tish va 15 kun muddatga o‘zlari bo‘lib turgan davlatning vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod etilishi belgilandi.

Ushbu bayonnoma 2023 yil 22 avgustda Boku shahrida imzolangan va 2024 yil 15 yanvardan kuchga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!