Emi Frenkel tabiat himoyachisi faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi

Emi Frenkel tabiat himoyachisi faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi

🏅Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan CMS COP14 konferensiyasida BMTning Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiyasi ijrochi kotibi Emi Frenkel «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Nishonni yuqori martabali mehmonga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov topshirdi.

Vazir Frenkel xonimga tabiatni asrash yo‘lidagi fidoiy xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!