Elnur Abduraimov 18 oktyabr kuni ringga chiqadi, raqibi yengilmas bokschi!

Elnur Abduraimov 18 oktyabr kuni ringga chiqadi, raqibi yengilmas bokschi!

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori hamda Osiyo chempionligiga erishgan Elnur Abduraimov AQShda professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi.
Hamyurtimizning ushbu jangdagi raqibi e’lon qilindi. U amerikalik Xose Salinas bo‘ladi. Jang AQShning Kaliforniya shtati Indio shahridagi Fantasy Springs Casino arenasida bo‘lib o‘tadi. Salinas 20 yoshda bo‘lib, aslida Nikaraguada tug‘ilgan va hozirda AQSh sharafini himoya qiladi.Salinas prof ringda 6ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Uchta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Hamyurtimiz uchun esa bu faoliyatidagi ikkinchi jang bo‘ladi. Elnur yaqinda debyut jangida amerikalik Aron Jamil Xollisni nokautga uchratgandi.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!