Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumaniida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumaniida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a va To‘rtko‘l tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “T.R.” va “O.S.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari quvvati 90 va 11 kVt bo‘lgan suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 180,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!