EI Germaniyaning biznesga yordam berish uchun 500 milliard yevro ajratish rejasini ma’qulladi

EI Germaniyaning biznesga yordam berish uchun 500 milliard yevro ajratish rejasini ma’qulladi

Evropa Komissiyasi Germaniyaning koronavirus pandemiyasidan zarar ko‘rgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 milliard yevrogacha mablag‘ ajratish rejasini ma’qulladi.

Ushbu chora, Yevropa Komissiyasining veb-saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, Germaniya Federativ Respublikasi uchun pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini yumshatishga yordam beradi.

"Ushbu qiyin paytlarda biz Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan koronavirus keltirib chiqargan inqirozdan zarar ko‘rgan kompaniyalar uchun mos yechimlarni topishda davom etamiz", deydi Yevropa Ittifoqining raqobat bo‘yicha komissari Margrete Vestager.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Yevropa Ittifoqi qonunchiligi doirasida amalga oshirilishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!