"Do‘stlik" kanaliga cho‘milishga borgan 16 yoshli sportchi cho‘kib ketdi

"Do‘stlik" kanaliga cho‘milishga borgan 16 yoshli sportchi cho‘kib ketdi

Joriy yilning, 4-iyul kuni Guliston shahrida yosh sportchi yigitning kanalga cho‘kib ketganligi oqibatida vafot etganligi haqida kelib tushgan xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida «Sirdaryo Xabarlari» viloyat FVB va viloyat prokuraturasi bilan bog‘landi. Hodisa viloyat prokuraturasi tomonidan tasdiqlandi.

Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan «Sirdaryo Xabarlari»ga ma’lum qilinishicha, haqiqatdan ham joriy yilning 4-iyul kuni taxminan soat 17:30larda Guliston shahar "Navbahor" mahallasida yashovchi 16 yoshli Olimpiya zahiralari kolleji 2-bosqich talabasi B.A. shaharning "Do‘stlik" mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi "Do‘stlik" kanaliga cho‘milish uchun borib, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketib vafot etgan.

"Hozirda Guliston shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!