Durov nega 180 dollarlik Samsung smartfonidan foydalanganini aytdi

Durov  nega 180 dollarlik  Samsung smartfonidan foydalanganini aytdi

Telegram asoschisi Pavel Durov nega ikki yil davomida arzon smartfondan foydalanganini aytdi. Bu Samsung chiqargan 180 dollarlik smartfon.

Keyinchalik smartfon Dubayning qaynoq harorati tufayli ishdan chiqqan (Durov so‘nggi uch yildan buyon Amirliklarda istiqomat qiladi).

«Telegram foydalanuvchilari orasida eng ommalashgan smartfonlardan biri bo‘lgani uchun uni tanlagandim», — deya o‘z tanlovi sababini tushuntirdi Durov.

O‘z messenjerini yanada yaxshilash niyatida tadbirkor foydalanuvchilar nimalarni istashlarini bilish uchun arzon smartfondan foydalanib kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!