Dunyodagi eng yirik bir kunlik saylov –Indoneziyada umumiy saylovlar

Dunyodagi eng yirik bir kunlik saylov –Indoneziyada umumiy saylovlar

Joriy yil 14 fevral kuni Indoneziya Respublikasida navbatdagi umumiy saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur saylovlar mamlakatda ikkinchi bora bir vaqtning o‘zida prezident va vise-prezident juftligi, Xalq vakillari kengashi va Hududlar vakillari kengashi deputatlari hamda 38 ta viloyat va 514 munisipalitetlarning (regentliklar – viloyatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinuvidagi ma’muriy birlik va shaharlar) mahalliy kengashlari deputatlari saylanishi ko‘zda tutilgan.

Dunyodagi eng yirik bir kunlik saylov –Indoneziyada umumiy saylovlar

Mamlakat saylovlarining yana bir o‘ziga xosligi, yuqorida aytib o‘tilganidek, saylovchilar prezident va vise-prezident juftligiga birdaniga ovoz beradi. Vise-prezident davlat rahbariga o‘z vazifalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi va ma’lum sabablarga ko‘ra prezident mamlakatga rahbarlik qila olmasa uning vazifasini o‘taydi.

Amaldagi Prezident Jokko Vidodo 2014 yilda Prezident etib saylangan. So‘nggi 2019 yildagi saylovlarda ikkinchi muddatga saylangan bo‘lib, bu galgi saylovlarda Konstitusiyadagi ko‘zda tutilgan cheklovlar sababli ishtirok eta olmaydi.

2024 yildagi saylov dunyodagi eng yirik bir kunlik saylov bo‘lishi kutilmoqda. Uni o‘tkazish uchun mamlakat bo‘ylab 820 161 ta, xorijda 3 075 ta saylov uchastkalari tashkil etilib, ularda 204 mln 897 ming 222 nafar indoneziya fuqarosi saylovchilar ro‘yxatiga, jumladan 1 mln 750 ming 474 kishi xorijdagi saylov uchastkalari ro‘yxatlariga kiritilgan.

Mamlakatdaga saylovlarning yana bir o‘ziga xosligi bu saylovchilar tomonidan ovoz berish byulletenida o‘z tanlovini mix bilan teshgan holda qoldirishida. Buni 2024 yilgi umumiy saylovlar uchun tanlangan ramzlarida (ing. mascot) ham ko‘rish mumkin.

Indoneziyadagi saylovlarning o‘lchamiga nafaqat ovoz beruvchilar soni, balki saylov tashkilotchilarining soni ham ishora qiladi. Jami saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishda 7 mln 986 ming 280 nafar tashkilotchilar, shularning 6 mln 53 ming 469 nafari turli darajadagi saylov komissiyalarii a’zolari hamda 1 mln 932 ming 811 nafari saylov komissiyalariga ko‘maklashuvchi xodimlardan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!