Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 5,7 milliarddan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan

Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 5,7 milliarddan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan

🔺Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni
📈224 million 511 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,
📉shundan 4 million 627 mingdan ziyod kishi vafot etgan (13.09.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 17:36 holatiga ko‘ra).

🔴Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 330 815 yangi holati aniqlandi.
⚫️6 335 nafar bemor vafot etdi.

🔺Jons Xopkins universitetining hozirgi (14.09.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 07:21 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni
📈225 million 244 mingdan ortiq odam yuqtirgan,
📉ulardan 4 million 639 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:
🇺🇸AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 40,675 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
🇮🇳Ikkinchi o‘rinda Hindiston (33,264 milliondan ortiq),
🇧🇷uchinchi o‘rinda Braziliya (20,989 milliondan ortiq),
🇬🇧to‘rtinchi o‘rinda Buyuk Britaniya (7,226 milliondan ortiq),
🇷🇺beshinchi o‘rinda esa Rossiya (7,158 milliondan ortiq).

💉Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 5 milliard 719 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!