DSQ raisi o‘rinbosari Sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

DSQ raisi o‘rinbosari Sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

«O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qaroriga asosan Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga Azizov Abdulla Abdisalamovich tayinlandi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Abdulla Azizov 1981 yilda tug‘ilgan. 2003 yilda Yaponiyaning Nagoya universitetini, 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan.

Shuningdek, Daniyaning Orxus universiteti magistraturasini, Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu yo‘nalishda mehnat faoliyatini boshlagan. 

2006–2019 yillarda Daniyada qator nufuzli kompaniyalarda mas’ul lavozimlarda ishlagan.

U 2019 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagandi.

Shu tariqa,  Sog‘liqni saqlash vaziriga to‘rt nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi.

Bungacha Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Nizomov lavozimini tark etgani, prezident 3 iyuldagi tegishli qarorlariga asosan Ulug‘bek Sobirov, Elmira Bositxonova va Shohrux Shorahmetov Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosarlariga aylangani xabar qilingandi.

Endilikda Sog‘liqni saqlash vazirining jami 7 nafar o‘rinbosari bor


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!