Doha–Dublin reysida turbulentlik: 12 kishi jarohatlandi

Doha–Dublin reysida turbulentlik: 12 kishi jarohatlandi

Joriy yilnin 26 may kuni Qatar poytaxti Dohadan Irlandiya poytaxti Dublinga uchgan samolyot kuchli turbulentlikka uchradi. Natijada manzil-aeroportda reysdagi kishilardan 8 nafari shifoxonaga olib borilgan. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Voqea Qatar Airways aviakompaniyasining Boeing B787-9 rusumli samolyotida yuz bergan.

Dublin aeroporti axborotiga ko‘ra, samolyot Turkiya uzra uchib o‘tayotganida turbulentlikka tushib qolgan, bundan 6 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi jarohat olganini bildirgan. Samolyot qo‘ngach, ulardan 8 nafari shifoxonaga olib borilgan.

Reysning Pol Mokk ismli yo‘lovchisi irland televideniyesiga bergan intervyusida aytishicha, odamlar turbulentlik to‘lqini sabab boshini samolyot shiftiga urib olgan, oziq-ovqat va ichimliklar hammayoqqa sochilib ketgan. U keyinroq ekipaj a’zolarini bint bog‘lagan holda, oqsoqlanib yurganini ko‘rgan.

Qatar Airways o‘z bayonotida yo‘lovchilar va ekipaj a’zolaridan bir necha nafari “kichik jarohatlar” olgani, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani, masala bo‘yicha ichki surishtiruv o‘tkazilishini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!