Dahshat! Erkak rashk sabab butun oilasini vahshiylarcha o‘ldirdi

Dahshat! Erkak rashk sabab butun oilasini vahshiylarcha o‘ldirdi

Ma’lum bo‘lishicha, bu dahshatli hodisadan faqatgina bir bola tirik qolgan.

Bola uy yaqinidagi novvoyxonaga yugurib chiqqan va yordam so‘ragan. Ushbu holat aks etgan video esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

“Life Shot ” telegram kanalida chop etilgan videoda tanasidan qon oqayotgan bola mast o‘gay otasi butun oilani pichoqlagani va uni o‘ldirmoqchi bo‘lganini aytgan. Nonvoyxonadan ishlovchi ayol esa tez yordam chaqirib, politsiyaga qo‘ng‘iroq qiladi.

Aniqlanishicha, bolakay tunda ikki yoshli ukasining qichqirig‘idan uyg‘onib ketadi - katta akasi va onasini o‘gay otasi allaqachon o‘ldirgan bo‘ladi. U xonadan chiqib ketmoqchi bo‘ladi, lekin erkak uni qochmoqchi bo‘lgan paytida orqasiga pichoq uradi. O‘gay otasidan zo‘rg‘a qochib qutilgan bola derazani sindirib, novvoyxona tomonga yugaradi.

Bungacha ushbu vahshiy qotillik  Tataristonda bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Mendeleevsk shahrida o‘gay ota sobiq turmush o‘rtog‘i, katta hamda eng kichik o‘g‘lini o‘ldirgan edi.

“U zudlik bilan hibsga olingan”, deya xabar berdi “Lenta.ru” saytiga Rossiya Tergov qo‘mitasi viloyat bo‘limi vakili. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojia sababi erkakning rashki va mastligi bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchi bundan oldin uch marotaba sudlangan ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!