COVID-19 o‘pka hajmini kichraytiradimi?

COVID-19 o‘pka hajmini kichraytiradimi?

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifingda muhim savol va murojaatlarga javob qaytarildi:

— COVID-19 o‘pka hajmiga ta’sir ko‘rsatadimi?

— Ha ta’sir qiladi. Ya’ni, agar bemorda MSKT (multispisal kompyuter tomografiya)sida o‘pkada ma’lum foizda jarohatlanish kuzatilsa, bu me’yoriy hajmda o‘pkaning shuncha sohasi faoliyati orqada qolayotganini bildiradi.

Bu esa, o‘pkaning shuncha qismi nafas faoliyatida faol ishtirok etmasligini bildiradi. 

Inson organizmi qayta tiklanishga moyil. Doimiy yengil jismoniy faollik bilan shug‘ullanish va nafas mashqlarini bajarish bilan o‘pkani jarohatlanishidan asrashga yoki jarohatlangan sohalarni tiklashga, o‘zingizga o‘zingiz yordam berishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!