Coca-Cola kompaniyasi Rossiya bozoriga qaytishi mumkin — Vedomosti

A A A
Coca-Cola kompaniyasi Rossiya bozoriga qaytishi mumkin — Vedomosti

2022 yil bahorida Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatgan AmerikaningThe Coca-Cola kompaniyasi 2024 yil aprelida “Rospatent"ga “Coca-Cola”, “Sprite” va “Fanta” savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalar topshirgan. Bu haqda “Vedomosti” departament ma’lumotlar bazasiga tayanib xabar berdi.

Savdo belgilari alkogolsiz va alkogolli ichimliklar, gazlangan suv va boshqa mahsulotlarga tegishli (Tovarlarning xalqaro tasnifining 32 va 33-sinflari).

The Coca-Cola kompaniyasining Rossiya bo‘limi mazkur holat bo‘yicha berilgan “Vedomosti” so‘roviga javob bermadi.

Mutaxassislarning fikricha, bu kompaniyaning kelajakda ushbu brendlarni Rossiya bozoriga qaytarish niyatidan dalolat berishi mumkin.

“Onlayn Patent” kompaniyasi bosh direktori Alina Akinshina aniqlik kiritishicha, mualliflik huquqi egasi asosiy brendlarga bo‘lgan huquqlarning yo‘qolishining oldini olish uchun talabnoma faoliyatining minimal darajasini saqlab qolishga majbur.

Uning ta’kidlashicha, agar Rossiyada tovar belgilaridan uch yil davomida foydalanilmasa, ular bekor qilinishi mumkin.

“Coca-Cola“, „Sprite“ va „Fanta“ brendlari 2022 yilda bozordan olib tashlanganini hisobga olsak, ularning huquqiy himoyasi 2025 yil boshida tugatilishi mumkin”, deya ta’kidladi ekspert.

Ukrainadagi urush tufayli Coca-Cola va Pepsi Rossiyadagi faoliyatini va mahsulotlarini ishlab chiqarishni to‘xtatgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!