"Chuqurdan akamning o‘ng qo‘li chiqdi" - Uka yo‘qolgan akasining murdasi qayerdan topilgani haqida gapirib berdi

"Chuqurdan akamning o‘ng qo‘li chiqdi" - Uka yo‘qolgan akasining murdasi qayerdan topilgani haqida gapirib berdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida sobiq milisioner dahshatli qotillikni fosh etdi. Bu haqda Darakchi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, uka izsiz yo‘qolgan akasining murdasini marhumning doimiy sherigi xonadonidan ko‘milgan holda topgan.

O‘limga marhumning orqasidan 7 marta urilgan pichoq va temir bolg‘a bilan bir necha marotaba zarba berilgani sabab bo‘lgan.

Yo‘qolgan akaning sherigi esa hech nima bo‘lmagandek odatiy yashayvergan. Ukasi esa undan shubhalangan va uning uyiga borgan. Hovlidagi bir uyum tuproq tagidan akasining qo‘li chiqib turganini ko‘rgan:

Akamni qidirib borgan kunim hovlida chuqur qazilganini ko‘rdim. Bu nima uchun deb so‘rasam chiqindi tashlayman dedi.

Keyin o‘ylab qoldim, akam yo‘qolgan payti nega chuqur kavlaydi deb. Chuqurni borib kavlab ko‘rdim. Chuqurdan akamning o‘ng qo‘li chiqdi“, – deydi

Qotilning o‘zi jinoyati haqida shunday deydi:

“Juma kuni ertalab ko‘mdim. Murdani chuqurga ko‘mganim yo‘q. Yerni yuzasida turgandi” 

Qotil marhumga tan jarohati yetkazganini rad etdi. Marhumning ko‘krak qafasiga 7 marta zarba berilgan, temir bolg‘a bilan bosh sohasiga bir necha marta urilgani o‘limga sabab bo‘lgan.

Jinoyatchiga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!