Chirchiq daryosida 30 metrgacha yemirilgan zonalar paydo bo‘ldi

Chirchiq daryosida 30 metrgacha yemirilgan zonalar paydo bo‘ldi

Chirchiq daryosidan noqonuniy qazib olinayotgan qum-shag‘allar hisobiga tabiatga zarar yetkazish holatlari aniqlandi.

✔️ Prezident Administarsiyasi, Bosh prokuratura va Ekovazirlik ishtirokida joylarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

⚡️Shunga ko‘ra, Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi bo‘ylari o‘rganilganida o‘ndan ortiq holatlarda tegishli moratoriy talablariga rioya etilmay qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari davom etayotgani aniqlandi.

🔴Holat natijasida daryo qirg‘oqlarida 30 metrgacha yemirilgan zonalar paydo bo‘lib, turli chiqindilar bilan ifloslantirilgan va betartib qazish ishlari sababli sizot suvlari yuzaga chiqib qolgan.

✅ Ayni paytda Ekovazirlik tomonidan mansabdor shaxslarning beparvoligi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning noqonuniy faoliyati natijasida tabiatga yetkazilgan ziyon ko‘lami va zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!