Chiqindi to‘plash shoxobchalarining taqdiri qanday kechadi?

Chiqindi to‘plash shoxobchalarining taqdiri qanday kechadi?

Endilikda jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari ommaviy shartnomalar asosida ko‘rsatiladi. 

O‘zAning ma’lumot berishicha, bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutildi.

2018 yil 1 avgustdan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun tuman va shahar hududlari tadbirkorlik sub’ektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida chiqindi to‘plash shoxobchalarida lozim darajadagi tozalikni ta’minlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralash sharti bilan biriktirib beriladi. 

Shuningdek, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish uchun hududlarni tadbirkorlik sub’ektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida biriktirib berish faqat tanlov asosida, nol stavkadan boshlanuvchi elektron auksion yo‘li bilan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi. 

Jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari ommaviy shartnomalar asosida ko‘rsatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!