Chimkentlik qozoq: "O‘zbeklar oldida bosh egsa arziydi" (video)

Chimkentlik qozoq: "O‘zbeklar oldida bosh egsa arziydi" (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videolavhada qozog‘istonlik kishi chimkentlik o‘zbeklarning Aris shahrida harbiy omborxona portlashi tufayli evakuasiya qilinganlarga katta yordam ko‘rsatayotgani haqida suratga olingan videolavha tarqaldi.

Ushbu video muallifi so‘zlaridan ayrim lavhalar keltiramiz:  

  • Og‘ir vaqtlarda qozoqlar ham o‘zbeklarga yordam bergan. Bugun esa o‘zbeklar qozoqlarga yordam bermoqda, har kim qo‘lidan kelganicha. Buni ko‘rib ko‘zimdan yosh chiqib ketdi...
  • Men millatlarni bo‘lish tarafdori emasman, lekin o‘zbeklar oldida bosh egsa arziydi: Biri o‘z to‘yxonasini bo‘shatib berdi, ikkinchisi yuk mashinasini xizmatga qo‘ydi. Ular ommaviy bo‘lib juda faol yordam berayotganidan hayratdaman....
  • Yana biri  kelib uning uyida 30 nafar qochqinlar turishi mumkinligini, boshqasi 20  kishiga joy berishini aytib ketdi. Qoyil.
  • Ular olib kelgan oziq-ovqatlar miqdori juda katta va ular yana olib kelishyapti! O‘zbeklar haqiqiy saxovat ko‘rsatishdi.
  • Hozir yana biri kelib, uning ikkita uyi borligini va ikkalasini ham qochqinlarga bo‘shatib berishga tayyorligini aytib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi Aris shahrida harbiy qism omborxonasida yong‘in va kuchli portlashlar sodir bo‘lgan edi. Shundan so‘ng 43 ming kishi yashaydigan shaharcha aholisi qo‘shni Chimkent va Turkistonga butunlay evakuasiya qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!