Chexiyada COVID-19ning og‘ir shakliga chalinganlar soni besh barobar ko‘paydi

Chexiyada COVID-19ning og‘ir shakliga chalinganlar soni besh barobar ko‘paydi

Chexiya hukumati COVID-19ning og‘ir shakliga chalinganlar soni besh barobar ko‘payganligini qayd etishmoqda.

Bu haqda respublika sog‘liqni saqlash vaziri Roman Primula aytib o‘tdi.

"Chexiyada hozirgi kunda koronavirus bilan kasallangan 628 bemor kasalxonaga yotqizilgan, shulardan 120 nafari og‘ir ahvolda, bu avgust oyining oxiriga nisbatan besh baravar ko‘pdir", demoqda vazir.

Koronavirus bilan bog‘liq eng qiyin vaziyat Pragada bo‘lib, u yerda sun’iy nafas oldirish qurilmasi bilan jihozlangan barcha o‘rinlar COVID-19ga chalinganlar bilan to‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!