"Chexiya va AQShga ishga yuboraman" — Jizzaxda firibgar qo‘lga olindi

"Chexiya va AQShga ishga yuboraman" — Jizzaxda firibgar qo‘lga olindi

Jizzax shahar ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga Ittifoq mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1976 yilda tug‘ilgan Z.M. hamda Nurliobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan B.V.lar murojaat qilishib firibgarlik jinoyatidan jabrlanganini bildirishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Olmazor mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1993 yil tug‘ilgan fuqaro N.SH. murojaatchilardan Chexiya va AQShga ishga yuboraman deb pul olgan. Biroq va’dasini bajarmagan.

Xuddi shu kabi holat Sharof Rashidov tumani Nonisangil mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1986 yilda tug‘ilgan SH.B. bilan ham yuz berdi.

U ichki ishlar organlariga qilgan murojaatida Qang‘li mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan A.I.ning Janubiy Koreyaga ishga yuboraman deb 2 ming AQSh dollari olganligini bildirgan.

Ushbu holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!