Chet elda ishlangan davr ish stajiga hisoblanadimi?

Chet elda ishlangan davr ish stajiga hisoblanadimi?

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 13 oktyabrdagi 592-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq chet elda ishlash davrlari:

💠 mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy ravishda 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari;

💠 2019 yil 1 yanvardan 2019 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun -to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;

💠 2020 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliqlar to‘langan davr ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

⏩ Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan fuqaro o‘zi uchun mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib ijtimoiy soliqni to‘lashni quyidagi tartibda amalga oshirish huquqiga ega:

🗣 - har oyda yoki har chorakda;

🗣 - bir yo‘la — O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!