Buyuk Britaniyada mushuk 64 kilometrlik masofani bosib, o‘zi yashagan uyga qaytdi

Buyuk Britaniyada mushuk 64 kilometrlik masofani bosib, o‘zi yashagan uyga qaytdi

Buyuk Britaniyada Garfild laqabli sariq mushuk bir yarim oy ichida 64 kilometrlik masofani bosib, o‘z egalariga qaytdi.

Bu haqda «The Sun» gazetasiga tayanib «ekolog.uz» xabar berdi.

8 iyun kuni Nil Peyn va uning rafiqasi Lesa 3 yoshli Garfildni London shimolida yashovchi yangi oilaga beradi. Ammo 20 iyun kuni mushuk bu yerdan qochib ketadi. Bir yarim oy o‘tgach, ya’ni 30 iyul kuni Garfild Shillington qishlog‘idagi o‘z egalarining uyi ostonasida edi.

«Bu aqlga sig‘maydi. U menga qaradi va yig‘ladi. Avvaliga men u Garfild ekanligiga ishonmadim. Lesa eshik yoniga borib, uni o‘z laqabi bilan chaqirdi va Garfild unga sakradi. U bizni topish uchun 64 kilometr yo‘l bosib keldi. Hech qachon tashqariga chiqmagan mushuk uyga qanday qaytganini tushunmayman, – deydi Nil.

Er-xotin Garfildni uyda olib qolishga qaror qildi. «Endi biz uni qaytarib berolmaymiz. U o‘z uyi shu yerda ekanligini isbotladi», – deydi Nil.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!