Buyuk Britaniya Hukumatida inqiroz avjiga chiqdi

Buyuk Britaniya Hukumatida inqiroz avjiga chiqdi

Britaniya Hukumati Brexit sabab muammolarga duch kelmoqda. Yevropa Ittifoqidan chiqishdagi kelishmovchiliklar Tereza Mey hukumatidagi ikki vazirning Buyuk iste’foga chiqishi bilan yakunlandi.
 
Kecha, 9 iyul kuni Britaniya Hukumatining Brexit bo‘yicha vaziri Devid Devis va Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson lavozimidan ketdi. Bu haqda “Euronews” xabar bermoqda.
 
Har ikkala vazir ham Yevropa Ittifoqiga qarshi yevroskeptikligi bilan tanilgan edi. Ular Ittifoq bilan munosabatlarda keskinlikni ustun ko‘rgan. Xususan, sobiq TIV Boris Jonson Moskvaga qaratilagn tanqidlari bilan ham mashhur edi.
 
Ikki vazirning iste’fosi Termeza Mey obro‘siga salbiy ta’sir qilishi ta’kidlanyapti. Bosh vazirning raqiblari uni YEI bilan muzokaralarda yon bosishda ayblashyapti. Tez orada Parlament Meyga ishonchsizlik votumi e’lon qilishi mumkinligi qayd etilyapti.
 
Tereza Mey Sog‘liqni saqlash vaziri sifatida faoliyat yuritgan Jeremi Xantni Tashqi ishlar vaziri, Dominik Raabni Yevropa Ittifoqidan chiqish ishlari bo‘yicha vazir qilib tayinlagan.
 
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya 2019 yil 29 martda YEIdan rasman chiqadi.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!