Buxorodagi "Yangi O‘zbekiston bog‘i”da 6 mingga yaqin daraxt ekildi

Buxorodagi "Yangi O‘zbekiston bog‘i”da 6 mingga yaqin daraxt ekildi

Buxoro viloyatidagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hududida ommaviy daraxt ekish tadbiri tashkil etildi. Tadbirda viloyat ekologiya boshqarmasi va viloyat hokimligi mas’ullari, keng jamoatchilik vakillari, talabalar, yosh eko-faollar ishtirok etdi.

Buxoro tumanidagi “Bog‘idasht” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ajratilgan 40 gektar maydonda barpo qilinayotgan bog‘da 6 mingga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Shuningdek, bog‘ hududida favvoralar, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohi va boshqa obektlar qurilib, aholining madaniy hordiq chiqarishiga mo‘ljallangan maskanga aylantirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Buxoro viloyatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 2024-yil bahor mavsumida 9 million 700 ming tup daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Hozirga qadar esa 9 million tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!