Buxoroda yuk mashinasi portladi

Buxoroda yuk mashinasi portladi

2019 yil 10 iyun kuni soat 05.40 larda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi 59 yoshli R.N. boshqaruvidagi  “KamAZ”yuk avtomashinasini “Zarangari” MFY Urganji qishlog‘i hududida haydab ketayotgan vaqtida yuk avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketishi oqibatida yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, oqibatda yuk avtomashinasining salon qismi yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!