Buxoroda tadbirkor 97 ta kam ta’minlangan oilani uy bilan ta’minladi

Buxoroda tadbirkor 97 ta kam ta’minlangan oilani uy bilan ta’minladi

2015 yilda o‘z faoliyatini boshlagan Injenering stroy montaj servis mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Habib Hayitov tadbirkorligi ortidan o‘z hisobidan 97 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilani uy-joy bilan ta’minladi. Bu haqda makzur korxona ish yurituvchisi Feruz Sharipov jurnalist Laylo Hayitovaga ma’lum qildi.

Ma’lumki, Prezidentning Xalq qabulxonalariga kam ta’minlangan, nogiron, mehnatga layoqati cheklangan minglab fuqarolar o‘z muammolarini hal etish, huquq va manfaatlarining qo‘llab-quvvatlanishi uchun murojaat qiladi. Kuchli ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oilalar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni faqatgina davlat yelkasiga tashlab qo‘yish esa yaxshi emas. Shu nuqtai-nazardan, sobiq Buxoro ipak qurti AJ ishchi-xodimlari uzoq yillardan buyon yashab kelayotgan eski yotoqxona xarobaga aylanib, juda achinarli holatga kelib qolgan edi. Buxoro shahar hokimi tashabbusi bilan ushbu binoni Injenering stroy montaj servis ning 26 nafar bunyodkori tomonidan to‘liq qayta qurib, foydalanishga topshirdik. Bir yarim yil ichida tadbirkorlik hisobidagi 5,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy ko‘rinishdagi 6 qavatli 1 va 2 xonali uylar kaliti o‘z egalariga yetkazildi , dedi Injenering stroy montaj servis rahbari Habib Hayitov.

Avvaliga xaroba ahvolda bo‘lsa-da, yashab turgan joyimizdan chiqarishayapti, deb rosa cho‘chigandik. Yo‘q, shunchaki quruq va’da emas ekan. Zamonaviy ko‘rinishdagi uy-joyga ega bo‘ldik. Xursandmiz. Saxovatpesha insonlar baraka topsin. Ko‘chib o‘tganimizda, hatto, rahbarining o‘zi kelib, dom imizga uy oshi qilib berdi , dedi xonadon sohibasi Matluba Choriyeva.

Qurilish korxonasi ish yurituvchisi Feruz Sharipovning bildirishicha, Habib Hayitov yosh bo‘lsa-da, juda saxovatpesha, halol inson. 35 yoshli Habib Hayitov bir necha bor Umra safarida bo‘lgan. Bolalar va Mehribonlik uylari, Muruvvat uyiga doimiy ko‘mak beradi. Yangi yil kirib kelishi kunlarida Buxoro shahridagi Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari hamda Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi bolalarning sunnat to‘yini o‘tkazgan.

Albatta, qilingan amal va yaxshiliklar aytilmaydi. Biroq, Habib Hayitovning saxovati, xayru ehsonini ibrat o‘rnida ko‘rsatishni lozim topdim. Zero, jamiyatda faqat o‘zi uchun yashab, birovga xasni ham ravo ko‘rmaydiganlar juda ko‘p , dedi Feruz Sharipov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!