Buxoro shahrida radioelektron vositalaridan tegishli ruxsatnomalarsiz foydalanayotgan shaxsga chora ko‘rildi

Buxoro shahrida radioelektron vositalaridan tegishli ruxsatnomalarsiz foydalanayotgan shaxsga chora ko‘rildi

Joriy yilning mart oyida «O‘zkomnazorat» Inspeksiyasi Buxoro viloyat hududiy shu’basi, viloyat Elektromagni moslashuv xizmati hamda Ichki ishlar xodimlari hamkorligida Buxoro shahrida radioelektron vositalardan ruxsatnomasiz foydalanishning oldini olish maqsadida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida Buxoro shahar A.G‘ijduvoniy ko‘chasi hududida joylashgan savdo majmuasida mansabdor shaxs J.J. tomonidan 6 dona «BAOFENG BF-888S» rusumli noqonuniy radioelektron vositalardan belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan foydalanayotganligi aniqlandi. Mazkur holat sabab, fuqaro tomonidan radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishning belgilangan qoidalarini handa davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablari buzilgan.

Ushbu huquqbuzarlik sabablari «O‘zkomnazorat» Inspeksiyasi Buxoro viloyat hududiy shu’basi tomonidan o‘rganib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi Qonunining 12-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi «Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi 801-son Qarori 2-ilova bilan tasdiqlangan «Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatasiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizom hamda «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksning 152-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudiga yuborildi va mansabdor shaxsga nisbatan chora ko‘rildi.

Shu o‘rinda, jismoniy va yuridik shaxslarni «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi «Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi 801-son Qarorida belgilangan tartibda radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatasiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibiga rioya qilishlari shartligi to‘g‘risida ogohlantiramiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!