«Bunyodkor» stadionida chipta sotib olmoqchi bo‘lgan fuqarolarga kuch ishlatish bo‘lmagan - Milliy gvardiya

«Bunyodkor» stadionida chipta sotib olmoqchi bo‘lgan fuqarolarga kuch ishlatish bo‘lmagan - Milliy gvardiya

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida joylashgan “Bunyodkor” stadioni kassalari oldida futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi final o‘yiniga chipta sotib olish uchun kelgan fuqarolar aks etgan videotasvir tarqatildi. Unda IIB va Milliy gvardiya xodimlari to‘g‘risida turli fikrlar bildirilgan.

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, chipta sotib olish mobaynida fuqarolarning bir-birini hurmat qilmagani sababli tirbandlik sodir bo‘lgan. Ushbu hududda xizmat olib borayotgan xodimlar jamoat tartibi saqlanishini talab qilgan va ayrim fuqarolar tartibga chaqirilgan, lekin hech qanday kuch ishlatish yoki maxsus vositalardan foydalanish holatlari bo‘lmagan. Fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, tez orada ular tarqatilgan.

“Hurmatli fuqarolar, jamoat joylarida rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib-qoidalar mavjud, sizlardan ushbu talablarga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi Milliy gvardiya xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!