Bugun yurtimizning ayrim joylarida chang to‘zonlar bo‘lishi kutilmoqda

Bugun yurtimizning ayrim joylarida chang to‘zonlar bo‘lishi kutilmoqda

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 22-27° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-27° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 21-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!