Bugun O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo kuzatiladi

Bugun O‘zbekistonda yomg‘irli ob-havo kuzatiladi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni Eron hududlaridan iliq va deyarli nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ❗️ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 12-17° iliq, shimolda 3-8° iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-17° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!