Bugun Krasnoyarskda motam kuni deb e’lon qilindi

Bugun Krasnoyarskda motam kuni deb e’lon qilindi

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Alesandr Uss 21 oktyabrni Kuraginsk tumanida damba o‘pirilishida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 oktyabr, juma kuni kechki payt damba o‘pirilishi va ishchilar posyolkasidagi ikki yotoqxona suv ostida qolishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi bedarak yo‘qolgan.

Favqulodda holatni bartaraf etish va bedarak yo‘qolganlarni qidirishga 300 nafarga yaqin odam, 6 ta MI-8 vertolyoti hamda bir necha kichik kema jalb etilgani aytilmoqda.

Shuningdek, Rossiya Tergov qo‘mitasi va prokuratura tekshiruv boshladi, holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar, polisiya va tergov guruhi yuborildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!