Bu yil mehnat muhojirlari O‘zbekistonga qancha mablag‘ yubordi?

Bu yil mehnat muhojirlari O‘zbekistonga qancha mablag‘ yubordi?

Rossiya markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida Rossiyadan O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 2 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 200 million dollarga ko‘pdir.

Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda Tojikiston (1,1 mlrd dollar), uchinchilikda esa Qirg‘iziston (935 mln dollar) bor.

E. Gaydar nomidagi institut hisobotiga ko‘ra, Rossiyada oxirgi uch yilda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni ortgan. 2017 yilda Rossiyada 1 million 900 ming o‘zbekistonlik mehnat qilayotgan edi, joriy yilning 1 iyulida ularning soni 2 million 100 mingga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!