Britaniyada o‘smirlarning labini botoks qildirishini taqiqlanadi

Britaniyada o‘smirlarning labini botoks qildirishini taqiqlanadi

16 oktyabr kuni britaniyalik siyosatchilar 18 yoshgacha bo‘lgan qizlarning lablarini botoks va plomba qildirishlarini taqiqlashga chaqirdi. Siyosatchilarning fikricha, televizion ko‘rsatuvlardagi yulduzlar maktabda o‘qiydigan qizlarning o‘z yuzlarida xavfli bo‘lgan operasiyalarni qildirishiga sabab bo‘lmoqda.

Britaniyalik siyosatchilar bolalarning qonuniy tarzda kosmetik jarrohlik amaliyotini o‘tashlari g‘ayrioodiy holatligini aytdilar. Chunki, bunday operasiyalar ularni infeksiyaga chalinish, chandiqlar hosil bo‘lishi, yuz to‘qimalarining o‘lishi va xatto ko‘rlikkacha bo‘lgan xavflar ostiga qo‘yadi.

“Biz bolalar hayotiga jiddiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan notibbiy, xavfli va keraksiz bo‘lgan amaliyotlarni to‘xtatishimiz kerak” deydi parlament a’zosi Laura Trot.

U, 18 yoshdan kichik bo‘lgan odamlarga boteks va labni plomba qilish xizmatini ko‘rsatishni jinoyat deb atash to‘g‘risidagi qonun hujjatining asosiy qo‘llab-quvvatlovchisidir. Trotning aytishicha, olib borilgan tadqiqotlardan 16 yoshdan kichik bo‘lgan 100 ming kishi kosmetik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani malum bo‘ldi.

“Boteks va teriga qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonuniy yosh chegarasining mavjud emasligi har qanday 15 yoshli qizning go‘zallik saloniga kirib, hech qanday malakaga ega bo‘lmagan shaxsga labini operasiya qildirishi mumkinligini bildiradi. Buning davom etishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi” deydi Trot parlament a’zolariga.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!