Britaniya Bosh vaziri: yangi hukumat Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish ustida ishlamoqda

Britaniya Bosh vaziri: yangi hukumat Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish ustida ishlamoqda

Bu haqda Britaniya hukumati rahbari Key Starmer parlament jamoatlar palatasidagi birinchi nutqida aytib o‘tdi, deb yozadi «TASS» . Bosh vazir tomonlarga Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalar siyosati masalasida yagona pozisiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi va London Rossiya aktivlarini musodara qilishni huquqiy asoslash ustida ishlashda davom etishiga va’da berdi.

Starmerning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilishga haqli emas. Bu masala faqat Alyans a’zolari tomonidan hal qilinishi kerak. Buyuk Britaniya bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi . Shuningdek, Ukrainani qo‘shimcha qurollar, jumladan, uzoq masofali raketalar bilan ta’minlash g‘oyasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!