Braziliyaning sobiq prezidenti qayta saylanish rejalarini e’lon qildi

Braziliyaning sobiq prezidenti qayta saylanish rejalarini e’lon qildi

Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qayta saylanishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Metropoles portaliga bergan intervyusida gapirdi .

Sobiq davlat rahbari 2023 yil boshida norozilik namoyishlarini qo‘zg‘atganlikda ayblanib, hozirda 2030 yilgacha saylov kampaniyalarida ishtirok etishi taqiqlangan. Shu bilan birga, u mamlakat Oliy sudining qarori qayta ko‘rib chiqilishi va keyin siyosatga qaytishi mumkinligiga umid bildirdi.

«Agar men prezidentlikka nomzodimni qo‘ysam, g‘alaba qozonaman, bunga aminman», dedi Bolsonaro. Uning fikricha, hozirgi prezident Lula da Silva jamiyatda mashhur emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!