Braziliyada yog‘ingarchilik tufayli 11 ming kishi evakuasiya qilindi

Braziliyada yog‘ingarchilik tufayli 11 ming kishi evakuasiya qilindi

Braziliyada davom etayotgan yog‘ingarchilik tufayli Akko shtatining 11 ming aholisi evakuasiya qilindi.

Shtat fuqarolik mudofaasi koordinatori Karlos Batista, Acre shtatining ba’zi shaharlarida favqulodda holat e’lon qilinganini va Acre daryosi toshqin sodir bo‘lgan taqdirda 11 ming kishini evakuasiya qilish buyrug‘i berilganligini aytdi.

Batista 17 ta shaharda kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari sodir bo‘lganini, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini qayd etdi.

Acre gubernatori Gladson Kameli markaziy hukumatdan yordam so‘raganliklarini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!