Braziliyada G20 tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi boshlandi

Braziliyada G20 tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi boshlandi

Braziliyada Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ham ishtirok etayotgan G20 tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi boshlandi. Rio-de-Janeyroda boshlangan G20 tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida global taranglik, Rossiya-Ukraina urushi va Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari kun tartibida bo‘ladi.

Braziliya matbuotining yozishicha, yig‘ilishda Ukrainadagi voqealar, Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari, global taranglik, ko‘p tomonlama tashkilotlarni mustahkamlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, qashshoqlikka qarshi kurash va global boshqaruv mexanizmlarini isloh qilish masalalari muhokama qilinadi.

Braziliyaning G20 bosh muzokarachisi Maurisio Lirio uchrashuv oldidan jurnalistlarga shunday dedi: «Biz global boshqaruvsiz dunyoda yashayapmiz va misli ko‘rilmagan mojarolar davrini boshdan kechirmoqdamiz. Global muammolarni hal qilish uchun boshqaruv yetarli emas».

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashining kengayishi va isloh qilinishi tarafdori ekanliklarini ifoda etgan Lirio, veto huquqiga ega bo‘lgan o‘lkalarning qarshiliklari tufayli konsensusga erishilmaganiga diqqat qaratdi.

Boshqa tomondan, AQSh Davlat kotibi Antoni Blinken va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2023 yil 2 mart kuni Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlari uchrashuvidan keyin ilk bor yuzma-yuz uchrashishi ma’lum bo‘ldi.

Noyabr oyida Rio-de-Janeyroda dunyoning 20 ta yirik iqtisodiyotini birlashtirgan G20 yetakchilari sammiti bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!