Boshlandi: koronavirus haqida 1 aprel hazili qilgan ayol sudga berildi

Boshlandi: koronavirus haqida 1 aprel hazili qilgan ayol sudga berildi

Nijnevartovsk (Xanti-Mansiysk avtonom okrugi) fuqarosi Ispaniyadan kelib, o‘zini yomon his qilgan dugonasi haqidagi hazil uchun sud qilinadi. Bu haqda viloyat ichki ishlar vazirligi saytida xabar berildi.

Polisiyaning ta’kidlashicha, ayol 31 mart kuni polisiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Polisiya qo‘ng‘iroq muallifining 32 yoshda ekanligini aniqladi, u Izluchinsk qishlog‘ida yashaydi. Polisiyaga murojaat qilish paytida u mast bo‘lgan.

Ayolning tushuntirishicha, u polisiyaning ishini tekshirish uchun qo‘ng‘iroq qilgan. Unga nisbatan Ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining 19.13-moddasi ("Maxsus xizmatlarga ataylab soxta qo‘ng‘iroq qilish") bo‘yicha ma’muriy protokol tuzilib, ish sudga yuborildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!