"Bolalarimizni buzishyapti": Qozog‘istonda LGBTga qarshi keskin kurash boshlandi

"Bolalarimizni buzishyapti": Qozog‘istonda LGBTga qarshi keskin kurash boshlandi

Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi LGBT targ‘ibotiga qarshi petisiyani ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. Bu mamlakat hukumati saytida 31 may kuni «Qozog‘iston ota-onalar ittifoqi» tomonidan e’lon qilingan va o‘n kun ichida hujjat parlamentda ko‘rib chiqilishi uchun zarur bo‘lgan 50 ming imzo to‘plangan.

«50 ming imzo to‘plash chegarasiga yetgandan so‘ng Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi petisiyani ko‘rib chiqish uchun qabul qildi. Murojaatni ko‘rib chiqish muddati ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran 40 ish kunigacha», — deya xabar berdi Qozog‘iston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, murojaatni ko‘rib chiqish uchun ishchi guruh tuziladi. Uning tarkibiga Qozog‘iston ota-onalar ittifoqi, davlat organlari va jamoat birlashmalari vakillari kiradi.

Murojaat matnida aytilishicha, Qozog‘istonda «bir jinsli munosabatlar bolalarga ochiqdan-ochiq singdirilgan». Murojaat mualliflarining fikricha, yoshlar orasida jinsiy aloqaning yangi standartlari shakllanmoqda. «Biz, ko‘pchilik sukut saqlayotgan bir paytda, farzandlarimiz o‘zlarining yetukliklari va tajribasizligi tufayli bir jinsdagi sevgini normal holat deb hisoblay boshlaydilar», deyiladi petisiyada.

Aprel oyida Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi deputatlari «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga OAVda LGBT vakillari haqida ma’lumot tarqatishni taqiqlovchi o‘zgartirish kiritishni taklif qilgan edi. Ushbu taklif qonun loyihasining yakuniy matniga kiritilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!