Boku va Yerevan tinchlik shartnomasi tafsilotlarini yakunlashi kerak

Boku va Yerevan tinchlik shartnomasi tafsilotlarini yakunlashi kerak

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning aytishicha, Boku va Yerevan tinchlik shartnomasi tafsilotlarini yakunlashi kerak.

"Endi bizda tinchlik bitimi qanday bo‘lishi kerakligi haqida umumiy tushuncha mavjud. Biz faqat tafsilotlarni yakunlashimiz kerak. Lekin, albatta, har ikki tomonga ham vaqt kerak", — deya ta’kidladi Aliyev seshanba kuni Bokuda o‘tkazilgan "COP29 va Ozarbayjon uchun yashil qarash” mavzusidagi xalqaro forum ishtirokchilari bilan uchrashuvda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tinchlik shartnomasini imzolashga mamlakatlar har qachongidan ham yaqinroq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!