Boks. "WBO" reytingida Shahram ko‘tarildi, Shohjahon esa jadvalga kiritilmadi

Boks. "WBO" reytingida Shahram ko‘tarildi, Shohjahon esa jadvalga kiritilmadi

Jahon boks tashkiloti (WBO) o‘zining dekabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Mazkur jadvaldan 5 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz o‘rin oldi.

Jumladan, Hasanboy Do‘smatov birinchi o‘ta yengil vazn toifasida (-48,8 kg) 8-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Olimjon Nazarov ushbu yo‘nalishning 50,8 kg vaznida 7-o‘ringa ko‘tarildi. Birinchi yarimengil vazn toifasida (-55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev oltinchi, yarimo‘rta vaznda (- 66,6 kg) Shahram G‘iyosov uchinchi, Bektemir Meliqo‘ziyev esa supero‘rta vazn toifasida (- 76,2 kg) yettinchi o‘rinni egalladi.

Afsuski, Otabek Xolmatov, Shohjahon Ergashev, Isroil Madrimov kabi mahoratli bokschilarimiz ushbu reyting jadvaliga kiritilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!