Bobotog‘da Qizil kitobga kiritilgan bo‘z echkemarning mobil video tasviri muhrlandi

Bobotog‘da Qizil kitobga kiritilgan bo‘z echkemarning mobil video tasviri muhrlandi

Bobotog‘ milliy tabiat bog‘ida Qizil kitobga kiritilgan bo‘z echkiemarning mobil video tasviri muhrlandi.

Bo‘z echkemarlar asosan, mustahkamlashgan va yarim mustahkamlashgan qumlarda, loyli va tosh-shag‘alli tuproqlarda, sho‘rxok yerlarda yashaydi.

Katta qumsichqon va tulkilar tashlab ketgan uyalarni makon tutadi va o‘sha yerda qishlaydi. May-iyun oyida juftlashadi. Iyun-iyul oylarida 6tadan 20 tagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan bolalari esa, bir qishlovdan so‘ng yer yuziga chiqadi, 3 yoshdan oshganda jinsiy voyaga yetadi.

Ma’lumot uchun, bo‘z echkemarlarni ovlash ta’qiqlangan va Bobotog‘ milliy tabiat bog‘ida muhofazaga olingan bo‘lib, lekin aniq hisobi olinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!