BMTga Moskva metrosidagi tojik va o‘zbek tilidagi ko‘rsatkichlar ma’qul keldi

BMTga Moskva metrosidagi tojik va o‘zbek tilidagi ko‘rsatkichlar ma’qul keldi

Migrasiya bo‘yicha xalqaro tashkilotda, BMTning Moskvadagi migrasiya bo‘yicha agentligida Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillarida ko‘rsatkichlarning paydo bo‘lishi amaliyotini ijobiy baholadilar.
Eslatib o‘tamiz, yangi ko‘rsatkichlar Moskva metrosining "Prokshino" va "Lesoparkovskaya" stansiyalarida paydo bo‘lgan. Bu orqali MDH fuqarolari Saxarovadagi migrasiya markazigacha bo‘lgan yo‘lni oson topishlari aytilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari "chiqish", "Saxarovo migrasiya markazigacha avtobuslar", "Prokshino qishlog‘i", "Dubrovka turar-joy majmuasi" singari tanish yozuvlarni ko‘rishlari mumkin.
"Biz bunga ijobiy qaraymiz. Ko‘plab davlatlarda migrantlar uchun yaratilgan bu singari qulayliklarni ko‘rish mumkin", - deya ta’kidladi Migrasiya bo‘yicha xalqaro tashkilot byurosi rahbari Abdusattor Esoyev, deya xabar qiladi Sputnik Tojikiston.
Esoyevning so‘zlariga ko‘ra, bunday tashabbus - "mahalliy hokimiyat tomonidan chet elliklarga nisbatan hurmat belgisidir, axir ular ishlashga kelgan bo‘lishsa ham, mehmon hisoblanadi".
Eslatib o‘tamiz, metrodagi ko‘rsatkichlarning tojik va o‘zbek tillarida dubl qilingani shahar aholisi orasida turli munozaralarga sabab bo‘ldi.
Hatto mashhur Change.org saytida ko‘rsatkichlarni oldingi holatga qaytarish talab qilingan petisiya paydo bo‘ldi. Biroq bu g‘oya Moskva aholisi tomonidan ma’qullanmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!