BMT Xavfsizlik Kengashi Falastinning tashkilotga a’zoligi bo‘yicha kelisha olmadi

BMT Xavfsizlik Kengashi Falastinning tashkilotga a’zoligi bo‘yicha kelisha olmadi

BMT Xavfsizlik Kengashi qo‘mitasi a’zolarining uchdan ikki qismi Falastin davlatini xalqaro tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish haqidagi navbatdagi bayonotini ma’qulladi, biroq besh ishtirokchi buni qo‘llab-quvvatlamadi. Yakuniy qaror qabul qilish uchun komissiyada konsensus bo‘lishi kerak.

Jazoir tegishli rezolyusiyani ko‘rib chiqish uchun yana taqdim etishni rejalashtirmoqda, biroq bu AQSh tomonidan bloklanishi mumkin.

Falastinni BMTning to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qilish to‘g‘risidagi ariza ilk marta 2011 yil noyabr oyida rad etilgan. Biroq keyingi yili BMT AQShning qarshiliklariga qaramay, Falastinga “kuzatuvchi” maqomini berdi.

Hozirgi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 193 davlatdan 139 tasi Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!