BMT: G‘azo aholisining yarmidan ko‘pi ochlik xavfi ostida

BMT: G‘azo aholisining yarmidan ko‘pi ochlik xavfi ostida

Jahon banki va BMT qo‘shma hisobot tayyorladi, unda G‘azo sektori aholisining yarmidan ko‘pi ocharchilik yoqasida ekani aytiladi.

Bu haqda hujjatga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

"G‘azo aholisining yarmidan ko‘pi ocharchilik yoqasida, butun aholi qattiq oziq-ovqat tanqisligi va to‘yib ovqatlanmaslikni boshdan kechirmoqda", deyiladi hisobotda.

Aniqlik kiritilishicha, ayni paytda 1 milliondan ortiq odam uy-joysiz qolgan, aholining 75 foizi esa ichki ko‘chirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!