Bezosning sobiq rafiqasi 2,7 milliard dollarni xayriyaga sarfladi

Bezosning sobiq rafiqasi 2,7 milliard dollarni xayriyaga sarfladi

Jahonning eng boy ayollaridan biri Makkenzi Skott seshanba kuni 2,7 milliard dollarni deyarli 300 ta tashkilotga xayriya qilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashkilotlar doim e’tibordan chetda qolgan.

Makkenzi Amazon platformasining asoschisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi sanaladi. 2019 yilda juftlik ajrashganidan keyin Skott dunyodagi eng boy ayollardan biriga aylandi. O‘shandan beri u 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ni xayriya qildi.

O‘tgan yili, koronavirus pandemiyasi sharoitida ham irqiy tenglik va iqlim o‘zgarishlari kabi maqsadlar uchun 4 milliard dollar ajratgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!