Bektemir Meliqo‘ziyevning jangiga 8 kun qoldi

Bektemir Meliqo‘ziyevning jangiga 8 kun qoldi

Bektemir Meliqo‘ziyev 20 aprel kuni fransiyalik Pyer Xuber Dibombega ringga ko‘tariladi.

"Golden Boy" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan boks oqshomi Nyu-York shahrida o‘tkaziladi va DAZN pullik striming platformasi orqali translyasiya qilinadi. Meliqo‘ziyev bo‘lajak jangida o‘ziga tegishli WBA Inter-Continental kamarini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, charm qo‘lqop ustamiz shu kungacha prof boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning 13 tasida g‘alaba qozongan (10 ta KO). Hisobida bitta mag‘lubiyat bor. Xuber esa 23 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasida g‘alabaga erishgan (12 ta KO). Bektemir singari bir marotaba mag‘lub bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!