BBC: Feysbuk 2020 yilda o‘zining kriptovalyutasini chiqarmoqchi

BBC: Feysbuk 2020 yilda o‘zining kriptovalyutasini chiqarmoqchi

"Feysbuk" kompaniyasi "GlobalCoin" deb nomlanadigan o‘zining kriptovalyutasini chiqarmoqchi, deya xabar beradi “BBC”.

"GlobalCoin" raqamli to‘lov tizimi o‘nlab mamlakatlarda ishlashi ko‘zda tutilgan. Kompaniya yangi tizimning ishlashini shu yil oxirigacha sinovdan o‘tkazmoqchi.

“BBC” xabariga ko‘ra, feysbuk rahbari Mark Sukerberg Angliya banki bosh ijrochi direktori Mark Karni bilan uchrashgan va u bilan yangi shifrlangan valyutaning chiqarilishi bilan bog‘liq xatarlarni muhokama qilgan. AQSh moliya vazirligi bilan ham maslahatlashuvlar o‘tkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!