Bayrutdagi portlash bo‘yicha ayblanuvchi topildi. U sobiq bosh vazir ekani aytilmoqda

Bayrutdagi portlash bo‘yicha ayblanuvchi topildi. U sobiq bosh vazir ekani aytilmoqda

Joriy yilning avgustida Livan poytaxti Bayrutda yuz bergan kuchli portlash uchun mamlakatning sobiq bosh vaziri Hasan Diab va u boshchilik qilgan hukumatda ishlagan uch vazir ayblanmoqda. 

Deutsche Welle xabariga ko‘ra, ularning aybi “fojia va insonlar orasida qurbonlarga olib kelgan sovuqqonlik” ekanligi aytilyapti. Ayblanayotganlar kelgusi haftada tergov qilinadi va ularning ishi sudga oshishi yoki oshmasligi ma’lum bo‘ladi. 

Hasad Diabdan tashqari loqaydlikka yo‘l qo‘ygani aytilayotgan sobiq vazirlar Moliya vazirligini boshqargan Ali Hasan Xalil, Obodonchilik vaziri bo‘lib ishlagan G‘ozi Zuaytir va o‘sha paytda Transport vazirligiga boshchilik qilgan Yusuf Finyanusdir. 

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni Bayrut portida 2700 tonnadan ortiq ammiakli selitra portladi. Buning oqibatida 200 dan ziyod kishi halok bo‘ldi, 6 ming kishi yaralandi. Portlash natijasida kelib chiqqan iqtisodiy zarar 15 milliard dollar deb baholanmoqda. Hodisa ortidan boshlangan norozilik namoyishlari tufayli hukumat iste’fo berishga majbur bo‘ldi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!